Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi birinchi muzokaralar ijobiy ruhda yakunlandi — Reuters

 Isroil va HAMAS o‘rtasidagi birinchi muzokaralar ijobiy ruhda yakunlandi — Reuters

Agentlikning xabar berishicha, 6 oktyabr kuni Misrning Sharm ash-Shayx shahrida G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatish bo‘yicha Isroil va HAMAS harakati o‘rtasidagi birinchi muzokaralar vositachilar orqali o‘tkazildi.

"Tomonlar muzokaralarda 29 sentyabrda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan taklif qilingan 20 banddan iborat tinchlik rejasini muhokama qilmoqda. Ushbu reja HAMAS tomonidan ushlab turilgan barcha isroillik asirlarni ozod qilish va Isroil armiyasining G‘azo sektoridan bosqichma-bosqich chiqib ketishini nazarda tutadi. Shuningdek, Isroil umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 250 nafar falastinlikni ozod qilishi kerak", deya yozmoqda Reuters.

Birinchi muzokaralar bosqichi "ijobiy muhitda" yakunlanganini DPA va AFP agentliklari ham tasdiqladi. Tomonlar muzokaralarni 7 oktyabrda davom ettirishi kutilmoqda.

Kiritildi: 16:22 07.10.2025. O'qildi: 825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!