G‘arbiy sohil va G‘aza sektoriga Tramp rejasi doirasida ozod qilingan terroristlar bilan to‘la birinchi avtobuslar yetib keldi. Ozod qilingan falastinliklar bo‘lgan avtobuslar ikki manzilga yo‘l oldi: G‘arbiy sohildagi Ramalla va deyarli to‘liq vayron bo‘lgan G‘aza sektoridagi Xan-Yunis shaharlariga.
Ramallada bu munosabat bilan ommaviy bayram tadbirlariga ruxsat berilmagan bo‘lsa, HAMAS nazoratidagi hududda esa avtobuslarning kuzatilishi kuch namoishiga aylandi. HAMAS odamlarni ommaviy to‘planishiga yo‘l qo‘ydi va ozod etilgan mahbuslarning qaytishi munosabati bilan bayramona marosim o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
📌 Jami bo‘lib, Isroil terroristik hujumlar yoki boshqa og‘ir jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 250 nafarcha mahbusni, shuningdek, G‘azodagi urush paytida qo‘lga olingan taxminan 1700 falastinlikni ozod etishga rozi bo‘lgan.