Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil kuchlari o‘t ochishni to‘xtatishga qaramay, G‘azo fuqarosini o‘ldirdi

Isroil kuchlari o‘t ochishni to‘xtatishga qaramay, G‘azo fuqarosini o‘ldirdi

O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganiga qaramasdan, bir G‘azo fuqarosi Isroil kuchlari tomonidan o‘ldirilgan.

Bu haqda Falastin televideniyesi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa eksklavning janubida joylashgan Xon Yunus shaharchasida sodir bo‘lgan.


G‘azoda sulh va asir almashinuvi

9 oktyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Misrning Sharm ash-Shayx shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar vaqtida Isroil va HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish rejasining birinchi bosqichini ma’qullaganini ma’lum qilgan edi.

Isroil hukumati roziligi bilan kelishuv 10 oktyabr kuni kuchga kirdi.

Kiritildi: 14:55 13.10.2025. O'qildi: 1459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!