Isroil qo‘shinlarining blokadadagi G‘azo sektorida oxirgi 24 soat ichida amalga oshirgan harakatlari natijasida kamida 55 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TASS yozmoqda.
Falastin anklavining sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektorida 55 kishi halok bo‘lgan, 166 kishi jarohatlangan. Sog‘liqni saqlash departamenti, shuningdek, Isroil tajovuzi qurbonlarining umumiy soni 42 065 nafarga yetganini, hozirda 97 886 falastinlik jabrlanganini ma’lum qildi.