Urushning yumshaganidan darak bo‘lmay turib, Livandagi BMT tinchlikparvar kuchlari «halokatli» mintaqaviy mojaro boshlanishidan ogohlantirdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining UNIFIL tinchlikparvar missiyasi matbuot kotibi Andrea Tenenti Isroilning Hizbullohga qarshi hujumlari tez orada «hamma uchun halokatli ta’sir ko‘rsatadigan mintaqaviy mojaroga aylanishidan» qo‘rqishini aytdi.
«Harbiy yechim yo‘q», deya qo‘shimcha qildi Tenenti.
Oxirgi kunlarda Isroil kuchlari Hizbulloh bilan jang qilar ekan, bir necha BMT tinchlikparvar kuchlari yaralandi. Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant esa amerikalik hamkasbiga UNIFIL qo‘shinlariga zarar yetkazmaslik uchun choralar ko‘rishda davom etishini» aytdi.
Bosh vazir Benyamin Netanyaxu BMT rahbarini Livan janubidagi tinchlikparvar kuchlarni olib tashlashga chaqirdi.