Isroil harbiylari Bayrutga zarba berdi. 18 kishi halok bo‘ldi.
"Kecha Isroilning Bayrutga zarbalari oqibatida 92 kishi jarohat oldi", deb yozmoqda Reuters Livan sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib. Hujum guvohlarining agentlikka ma’lum qilishicha, bitta zarba yoqilg‘i quyish shoxobchasiga urilgan va u yerda yong‘in chiqqan.
Qayd etilishicha, hujum nishoni Hizbullohning yuqori martabali qo‘mondoni bo‘lgan. The Times of Israel nashri gap aloqa va muvofiqlashtirish departamenti rahbari Vafiq Safo haqida ketayotganini yozgan.
Bungacha BMT Ras an-Nakura shahridagi tashkilot tinchlikparvar missiyasi bosh qarorgohida joylashgan kuzatuv minorasi Isroil tanki tomonidan o‘qqa tutilgani haqida xabar bergan edi. BMTning ikki tinchlikparvar askari yaralangan. "Oq uy bu masalada Isroildan tushuntirish talab qildi", deyiladi Reuters xabarida.