Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil Al Jazeera telekanalining besh xodimini o‘ldirdi

Isroil Al Jazeera telekanalining besh xodimini o‘ldirdi

2025 yil 11 avgust kuni G‘azo shahridagi “Ash-Shifa” shifoxonasi yonida joylashgan jurnalistlar chodiriga Isroil tomonidan uyushtirilgan zarba oqibatida Al Jazeera telekanalining 5 nafar xodimi halok bo‘ldi.

Vafot etganlar orasida muxbirlar Enes ash-Sharif, Muhammad Kurayka va operatorlar Ibrohim Zohir, Muhammad Nufal hamda Moamen Aliva bor edi. Ular hodisa paytida shifoxona bosh darvozasidagi chodirda bo‘lishgan.

Al Jazeera bu voqeani “so‘z erkinligiga qarshi qasddan qilingan hujum”, deb atadi. Isroil armiyasi zarba aynan Enes ash-Sharifga qaratilganini tasdiqladi, biroq qolgan halok bo‘lgan jurnalistlar haqida hech qanday izoh bermadi.

Umuman olganda, hujum natijasida 7 kishi halok bo‘lgan. Dastlab telekanal 4 xodim halok bo‘lganini bildirgan, keyinchalik bu raqam 5 nafarga yetgani aniqlandi.

Al Jazeera bosh muharriri Muhammad Muavvad BBC'ga bergan intervyusida ash-Sharifni “G‘azodagi yagona ovoz” deb atadi va Isroil hukumatini xalqaro jurnalistlarni G‘azoga kiritmaslikda, ichki axborot manbalarini qasddan cheklayotganlikda aybladi.

“Ular old chiziqda emas, chodirda turgan paytda o‘ldirildi. Bu — axborot manbalarini butunlay bo‘g‘ishga qaratilgan harakatdir”, — dedi Muavvad.

U bu holatni “zamonaviy tarixda ko‘rilmagan voqea” deb baholadi.

Kiritildi: 12:31 12.08.2025. O'qildi: 1809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!