Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Islomga amal qilmaslik butun dunyoga zarar keltiradi

Islomga amal qilmaslik butun dunyoga zarar keltiradi

Islomdagi ilmiy kengbag‘irlik vasfida mashhur Amerkalik olim mister Draber quyidagilarni yozgan edi: «Xulofalar davridagi avvalgi musulmonlar Nestoriy nasorolari va yahudiylardan bo‘lgan olimlarni ehtirom qilish bilan kifoyalanib qolmaganlar. Balki, ularga ulkan ishlarni ishonib topshirganlar. Ularni davlat mansablariga ko‘targanlar. Hattoki, Horun ar-Rashid barcha madrasalarni tekshirib turishni Halno ibn Mosavayhga topshirgan. Olimning yashagan yurtiga, uning diniga qaralmas edi. Faqatgina uning ilm va ma’rifatdagi makonatiga qaralar edi».

Bu ma’noda har qancha gapirsak shuncha oz. Lekin, yana bir narsaga ishora qilmog‘imiz lozim. Islomning boshqa dinlarga nisbatan bag‘rikenglik siyosati, nafaqat boshqa dinlarning bir-birlariga nisbatan, balki bir dinning turli mazhablari orasidagi munosabatlaridan ham yaxshi edi. Bu fikrning dalili sifatida Islomiy manbalarga emas, Anatoliya patriarxi Buyuk Mixailning gaplaridan iqtibos: «Shu sababdan quvvat va jabaruttda yolg‘iz bo‘lgan, basharning davlatini qandoq xohlasa shundoq ketkazib, kimga xohlasa shunga beradigan, pastni oliy qiladigan intiqom xudosi, quvvatni ishga solgan, kanisalarimiz tortib olgan, barcha rohibxonalarimizni o‘ziniki qilib olgan, bizni berahimlik ila shafqatsiz ravishda iqobga duchor qilgan rumliklarning sharrini ko‘rganidan keyin janubdan Islom o‘g‘illarni (musulmonlarni) bizni ularning qo‘li ila rumliklarning changalidan qutqarish uchun yubordi. Haqiqatda, biz katolik kanisalarini qo‘limizdan tortib olinishi va ularni Xalqidaniya ahliga berilishi tufayli yutqazgan bo‘lsak ham kanisalar ularni qo‘lida turgan edi. Shaharlar arablarga tobe’ bo‘lganida so‘ng, ular har kimning qo‘lidagi kanisani o‘ziga xos qilib berildi. O‘sha vaqtda Himsning katta kanisasi va Harronning kanisasi bizdan tortib olingan bo‘lishiga qaramay rumliklarning shafqatsizliklaridan, ozorlaridan, bizga qarshi hiqdi-hasadlaridan qutilib, omonlik va tinchlikda bo‘lishimiz oson emas edi».
Mashhur tarixchi Belazuriy esa, o‘zining «Futuhul Buldon» kitobida Abu Hafs Dimashqiy Sa’id ibn Abdulazizdan rivoyat qilgan quyidagi gaplarni keltiradi: «Gerakl musulmonlarga qarshi ko‘plab askar to‘plab, Yarmuk tomon bostirib kelayotganidan xabardor bo‘lgan musulmonlar Hims ahliga ulardan olingan xarojni qaytarib berdilar va: «Sizlarni himoya qilishdan mashg‘ul bo‘lib qoldik, o‘zingiz bir ish ko‘rarsizlar», deyishdi. Hims ahli esa: - Albatta, sizlarning voliyligingiz va adolatingiz biz uchun o‘zimiz yashab turgan zulm va istibdoddan yaxshidir. Sizga qo‘shilib shaharni Gerakl lashkarlaridan mudofaa qilamiz», dedilar.

Shunda yahudiylar ham turib: - Tavrotga qasamki, Geraklning omili faqat biz mag‘lub bo‘lib, tugamagunimizcha Hims shahriga kirmas», deyishdi. Darvozalarni yopib, qo‘riqlasha boshlashdi. Musulmonlar bilan sulh tuzgan boshqa shaharlarning nasoro va yahudiylari ham shundoq qilishdi. Ular, agar Rumliklar musulmonlardan g‘olib kelsa, avvalgi hol boshimizga yana keladi. Shuning uchun, modomiki musulmonlarning dushmani bor ekan ushbu ishda mahkam turamiz, deyishdi.

Alloh kofirlarni mag‘lub, musulmonlarni g‘olib qilgandan so‘ng, ular shaharlarining darvozalarini ochishib, xarojni o‘tadilar».

Ha, Islomga amal qilmaslik faqat musulmonlarga emas, balki butun dunyoga zarar keltirishini shu mavzudan fahmlab olsak ham bo‘ladi. Bu haqiqatni eng avval musulmonlar tushunib yetmoqliklari lozim.

Manba: islom.uz

Kiritildi: 22:30 22.10.2019. O'qildi: 1827 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!