Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

"Islom Karimov" ko‘chasida falokat: bir kishi qurbon bo‘ldi

"Islom Karimov" ko‘chasida falokat: bir kishi qurbon bo‘ldi

Jizzax shahri Oqqo‘rg‘onlik mahallasi Islom Karimov nomidagi ko‘chada yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

"Postda" nashrining yozishicha, tungi soat 23:00 da ro‘y bergan avtohalokat Jizzax shahrining Zargarlik mahallasida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan B.M.ning “Nexia” avtomashinasi boshqaruvini yo‘qotishi natijasida sodir bo‘lgan. Avtoulov yo‘ldan chiqib ketib, daraxtga urilgan. Oqibatda haydovchi B.M. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etdi.

“Nexia” yo‘lovchisi, Jizzax shahrining Ittifoq mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan D.G‘. esa shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.   

Kiritildi: 18:24 15.08.2020. O'qildi: 2989 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!