Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

ISHID Isroil bilan hamkorlikda Xon Yunis va Rafahni talon-toroj qilmoqda

ISHID Isroil bilan hamkorlikda Xon Yunis va Rafahni talon-toroj qilmoqda

HAMAS G‘azo sektorida gumanitar yordamlarni talon-taroj qilish bilan shug‘ullangan jinoiy guruhlarga qarshi operasiya o‘tkazdi. Xon Yunus va Rafahda olib borilgan operasiya natijasida ikki guruhga aloqador 20 nafar qurolli shaxs zararsizlantirildi. Bu to‘dalarning ba’zilari ISHID terror tashkiloti bilan aloqada bo‘lgan.

Mahalliy manbalarga ko‘ra, ushbu to‘dalar Isroil askarlari tomonidan nazorat qilinadigan hududlarda faoliyat yuritib, Isroildan passiv yoki faol himoya yordamini oladi.

HAMASning gumanitar yordam talon-torojiga qarshi operasiyasi

Isroilning bir yildan ortiq vaqtdan beri davom etayotgan shafqatsiz hujumlari fonida G‘azo sektoridagi HAMAS harakati yangi tahdidlarga duch kelmoqda. Ayrim jinoiy to‘dalar shusiz ham mashaqqat bilan o‘tayotgan insonparvarlik yordamlarini talon-toroj qilishni boshladi. El-Araby el-Jadeed gazetasining yozishicha, operasiya janubiy G‘azo mintaqasida, Xon Yunus va Rafah shaharlarida HAMASning "Sahm" xavfsizlik bo‘linmasi tomonidan amalga oshirilgan.

Operasiya gumanitar yordamlarni musodara qilgan va ularni oshirilgan narxlarda sotish bilan shug‘ullangan ikki jinoiy guruhni nishonga oldi. Mahalliy qabilalar bilan hamkorlikda olib borilgan amaliyotda ushbu guruhlarning qurollangan 20 nafar a’zosi zararsizlantirildi. HAMAS rasmiylarining aytishicha, operasiya boshlanishidan avval jinoiy guruhlar Isroil harbiylari bilan aloqada bo‘lganligi aniqlangan.

Guruhlarning Isroil harbiylari bilan aloqalari

Mahalliy manbalarga ko‘ra, ushbu guruhlar G‘azo sektorining janubi-sharqida joylashgan "Kerem Shalom" nazorat-o‘tkazish punkti hududida faoliyat yuritgan. Bu nazorat punkti Isroil armiyasi vaqti-vaqti bilan insonparvarlik yordamlarini o‘tkazishga ruxsat beradigan kam sonli nuqtalardan biridir. Xabarlarga ko‘ra, to‘dalar Isroil harbiylari bilan kelishilgan holda yordam kolonnalari yo‘lini to‘sgan.

Isroil armiyasi va to‘dalarning himoyasi

Isroil avvalroq HAMAS insonparvarlik yordamini o‘zlashtirayotganini aytgan edi. Biroq Washington Post nashrining yozishicha, bu jinoiy guruhlarning ikki yetakchisi - Yosir Abu Sabab va Shodi al-So‘fiy ISHID bilan aloqador va G‘azodagi mojarodan oldin ham qidiruvda bo‘lgan.

Ushbu ikki yetakchining 200 dan ortiq qurolli tarafdorlari bor. Ular Isroil nazorati ostidagi "Kerem Shalom" nazorat-o‘tkazish punkti hududida joylashgan bo‘lib, gumanitar karvonlarga hujum uyushtirib keladi. Gazeta keltirgan BMT hujjatlariga ko‘ra, guruhlar "Isroilning passiv yoki faol himoyasi ostida" harakat qilgan.

HAMAS operasiyasi

Zararsizlantirilganlar orasida ISHIDga aloqador guruhlar rahbarlari bor-yo‘qligi hali tasdiqlanmagan. Biroq manbalarning aytishicha, operasiya muvaffaqiyatli o‘tgan va G‘azo janubidagi jinoiy guruhlar faoliyatini sezilarli darajada zaiflashtirgan.

HAMAS mintaqadagi og‘ir vaziyat va Isroilning doimiy hujumlariga qaramay, insonparvarlik yordamlarining talon-toroj qilinishiga qarshi harakatlarini davom ettirmoqda.

Kiritildi: 21:36 23.11.2024. O'qildi: 561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!