Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Iroqda bir vaqtda tug‘ilgan yetti egizak vafot etdi

Iroqda bir vaqtda tug‘ilgan yetti egizak vafot etdi

Iroqning Diyala viloyatida bir vaqtda tug‘ilgan yetti chaqaloqning barchasi vafot etdi. Bu haqda Iroqning al-Sumaria telekanali xabar berdi.

Bir necha kun avval Al-Battul shifoxonasida tug‘ilgan yettita go‘dakning barchasi vafot etdi , - deya ma’lum qilgan telekanalga tibbiyot muassasasidagi manba.

Telekanal go‘daklarning o‘limi yuzasidan batafsil ma’lumotlarni keltirmagan.

Avvalroq Diyala sog‘liqni saqlash departamenti 25 yoshli ayol tabiiy yo‘l bilan yetti go‘dak bir o‘g‘il va olti qiz dunyoga keltirganini ma’lum qilgan edi.

Diyala viloyati Al-Battul shifoxonasi direktori Ali Sharif yetti chaqaloqning tug‘ilishini Iroq uchun misli ko‘rilmagan voqea deb atagan. Ona va bolalarning ahvoli yaxshi ekaniligi haqida xabar qilingan edi.

Manba: sof.uz

Kiritildi: 23:46 19.02.2019. O'qildi: 2687 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!