Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

iPhone 14 smartfonlarini ishlab chiqarish to‘xtatiladimi?

iPhone 14 smartfonlarini ishlab chiqarish to‘xtatiladimi?

Apple kompaniyasi talab pastligi sababli, iPhone 14 smartfonlari ishlab chiqarishni ko‘paytirmaslikka qaror qildi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar berdi.

Kompaniya butlovchi qismlar yetkazib beruvchilarni joriy yilning ikkinchi yarmida iPhone 14 smartfonlari ishlab chiqarishni 6 million donaga ko‘paytirmaslik haqida ogohlantirgan. Yil oxirigacha kompaniya 90 million dona qurilmani chiqarish niyatida, bu o‘tgan yilgi bilan deyarli bir xil.

“Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy smartfon bozorida iPhone 14 sotuvga chiqarilganidan keyingi dastlabki uch kun ichida o‘tgan yilgi iPhone 13'dan 11 foizga kam xarid qilingan.

Qo‘shimcha qilinishicha, jahon smartfon bozori joriy yilda 6,5 foizga qisqarib, 1,27 milliard donani tashkil etishi kutilmoqda.

Shuningdek, 1976 yilda asos solingan Apple iPhone, iPad, iMac, Macbook va boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Korporasiya dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biridir.

Ma’lumot uchun, Hindiston Xitoydan keyin ikkinchi yirik smartfon bozori hisoblanadi.

Kiritildi: 22:52 29.09.2022. O'qildi: 4293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!