Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Insultning 7 ta «ko‘rinmas» alomatlarini bilasizmi?

Insultning 7 ta «ko‘rinmas» alomatlarini bilasizmi?

Tana holatidagi ba’zi o‘zgarishlar garchi ularni boshqa, unchalik jiddiy bo‘lmagan va xavfli holatlarga o‘xshatib, adashtirib qo‘yish mumkin bo‘lsa-da, insult kasalligining alomatlari bo‘lishi mumkin.

Insult miyaning bir qismini qon bilan normal ta’minlanish uzilishini anglatadi – bu holatda odamga shoshilinch tibbiy yordam kerak. Shifokorlar ta’kidlashicha, insultga chalingan odamga qanchalik tez yordam berilsa, uning omon qolish va tuzalish ehtimoli shuncha ko‘p bo‘ladi. Ular yoshi katta odamlarga insult belgilari haqida o‘z bilimlarini oshirishni maslahat berishadi, shunda ular kasallikni darhol payqab va tez yordam chaqirishlari mumkin.
WebMD tibbiy portali ma’lumotlariga ko‘ra, quyidagi o‘zgarishlar insultning asosiy alomatlari hisoblanadi.
Yuz. U assimetrik bo‘lib, bir tomonga qiyshayadi, ko‘z va og‘iz ham xuddi shu holatda bo‘ladi.
Qo‘llar. Jabrlangan odam bir vaqtning o‘zida ikki qo‘lini ko‘tarib, ushlab tura olmaydi - bittasida kuchli zaiflik yoki karaxtlik bo‘ladi.
Nutq. U tushunarsiz, g‘o‘ldiragan g‘olga keladi yoki odam hushyor bo‘lib ko‘rinsa da, umuman gapira olmasligi mumkin. Unga nima deyilganini tushunishda ham muammolar bo‘lishi mumkin.
Portal mutaxassislari, shuningdek, kamroq seziladigan alomatlar ham borligini ta’kidlab, ular ham insultni bildirishi mumkinligini aytishadi. Ular ko‘pincha sezilmas bo‘lgani uchun, ularga befarq bo‘linadi yoki e’tibor berilmaydi.
Bular: yuzdagi zaiflik, qovoq yoki labning osilishi; ko‘ngil aynishi; bosh aylanishi; gapira olmaslik; muvozanatni yo‘qotish; tushunarsiz nutq hamda bosh og‘rig‘i kabi alomatlardir.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yuqorida aytib o‘tilgan muammolar insult oldidan ko‘p uchraydi. Sizning salomatligingiz va tanangizdagi o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borish juda muhim, deb yozadi MedikForum nashri.

Kiritildi: 16:30 22.09.2021. O'qildi: 4575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!