Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Instagram’ning rasmiy sahifasiga qo‘yilgan Toshkentdagi qor suratini 327 mln odam tomosha qildi (FOTO)

Instagram’ning rasmiy sahifasiga qo‘yilgan Toshkentdagi qor suratini 327 mln odam tomosha qildi (FOTO)

Instagram’ning rasmiy sahifasiga Toshkentdagi qorli kun haqida surat joylashtirildi.

Jurnalist va bloger Nikita Makarenkoning yozishicha, mazkur foto turist emas, professional suratkash tomonidan olingan. Davletovuz’ning ta’kidlashicha, suratda Toshkentning Eski shaharidagi ko‘cha tasvirlangan.

«Bu Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan taklif etilgan va akkreditasiyadan o‘tishiga yordam ko‘rsatilgan italiyalik taniqli suratkash Matilda Gattoni tomonidan o‘tgan yili fevralda olingan foto.

Matilda va uning hamrohi, jurnalist Matteo Fagottoning g‘oyasi — Toshkent tarixini yaratish bo‘lgan, chunki shahar juda kam suratga olinadi va u haqda kam yoziladi.

Bu O‘zbekiston uchun mutlaq tekinga tushgan, Matilda o‘z hisobidan yetib kelgan. Mana endi reklamani 327 million odam tomosha qildi. Hali bu 2019 yilda chiqqan jurnallarni hisobga olmaganda», — deb yozadi Makarenko.

Kiritildi: 10:17 13.01.2020. O'qildi: 5320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!