Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Instagram 11 yildan so‘ng kompyuterdan post yozish imkonini taqdim etmoqda

Instagram 11 yildan so‘ng kompyuterdan post yozish imkonini taqdim etmoqda

Instagram ijtimoiy tarmog‘i oktyabr oyida bosqichma-bosqich joriy etiladigan yangilanishlar haqida ma’lum qildi.

19 oktyabrdan e’tiboran bu ijtimoiy tarmoqda Collabs funksiyasi paydo bo‘ldi. U ikki foydalanuvchiga bir vaqtning o‘zida qo‘shma post e’lon qilish imkonini beradi. Bunday qo‘shma postlarga bosilgan layklar va bitilgan sharhlar ham umumiy bo‘ladi.

20 oktyabr kuni Instagram notijorat tashkilotlar uchun mablag‘ yig‘ish imkoniyatini taqdim etuvchi funksiyani ishga tushiradi.

21 oktyabrdan boshlab esa butun jahon bo‘ylab foydalanuvchilar fotosuratlarni, shuningdek, davomiyligi bir daqiqadan oshmaydigan videotasvirlarni desktopdan — bu ijtimoiy tarmoq ilovasi bo‘lmagan istalgan platformadan yuklashlari mumkin bo‘ladi. Istagram bu funksiyani iyun oyida sinovdan o‘tkazgan.

21 oktyabrda mazkur ijtimoiy tarmoqda Reels’da qo‘shiqlarning 3D matnlari kabi yangi funksiyalar paydo bo‘ladi.

Kiritildi: 15:55 20.10.2021. O'qildi: 1722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!