Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Inoue — Ahmadaliyev jangi uchun chiqarilgan chiptalar ikki soatda sotib bo‘lindi

Inoue — Ahmadaliyev jangi uchun chiqarilgan chiptalar ikki soatda sotib bo‘lindi

Xabaringiz bor, 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahridagi IG Arena majmuasida yirik professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Oqshomning markaziy jangi ikkinchi eng yengil vazn toifasida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue hamda WBA Interim kamari sohibi Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Xorijiy manbalarning xabar berishicha, jang uchun chiqarilgan chiptalarning barchasi atigi 2 soat ichida sotib bo‘lingan. Nagoyadagi yangi qurib bitkazilgan IG Arena inshooti 17 ming muxlisga mo‘ljallangan.

Eng arzon chiptaning narxi 85 AQSh dollariga baholandi. Eng qimmat chipta esa 1692 dollardan sotildi.

Kiritildi: 23:30 13.08.2025. O'qildi: 1253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!