Indoneziyaning Shimoliy Sumatra provinsiyasida sel va ko‘chki oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘lgan. Ayni payt qutqaruvchilar loyga botgan mikroavtobus yo‘lovchilarini qidirmoqda. Bu haqda "Arab news" yozgan.
Tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi ma’lum qilishicha, viloyatda o‘tgan haftadan beri davom etayotgan kuchli yomg‘ir to‘rt hududda toshqin va ko‘chkiga sabab bo‘lgan. Chorshanba kuni Dehlining Serdang qishlog‘ida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohatlandi, deydi polisiya vakili Hodi Vahyudiy "Reuters" agentligiga.
Qutqaruvchilar yo‘qolganlarni, jumladan tabiiy ofat tufayli kichik avtobus yoki boshqa transport vositalarida vayron bo‘lgan viloyatlararo yo‘lda qolib ketganlarni qidirmoqda. Jarohatlanganlar haqida aniq ma’lumot yo‘q. Boshqa hududlarda dam olish kunlari boshlangan qidiruv davomida 20 kishining jasadi topildi. Ikki kishi hamon qidirilmoqda.
"Asosiy e’tiborni bedarak yo‘qolganlarni topish va ko‘chkidan zarar ko‘rgan yo‘llarni tozalashga qaratyapmiz", dedi Hodiy va ekskovatorlar ishga tushirilganini qo‘shimcha qildi. Ko‘chki va suv toshqini uy, masjid va sholizorlarga zarar yetkazgan.
Kuchli yomg‘ir ortidan viloyat markazi Medanda ham toshqin hosil bo‘lib, ayrim saylov uchastkalarida mintaqaviy ovoz berish jarayoni kechiktirildi. Indoneziyada 2024 yil oxirigacha ekstremal ob-havo kuzatilishi kutilyapti, chunki Al-Ninyo fenomeni tropik arxipelagida yog‘ingarchilikni ko‘paytiradi, deya ogohlantirmoqda mamlakat ob-havo agentligi.