Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Indoneziyada 15 yil avvalgi sunami qurbonlari ommaviy qabri topildi

Indoneziyada 15 yil avvalgi sunami qurbonlari ommaviy qabri topildi

Indoneziyada 15 yil avval, 2004 yil Janubi-Sharqiy Osiyoga yopirilgan ulkan sunami qurbonlari ommaviy qabri topildi. Bu haqda Daily Mail nashri ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ommaviy qabr Sumatra orolining shimolidagi Achex viloyatida shifoxonalar qurish rejalashtirilayotgan maydon ko‘zdan kechirilayotganda topilgan. Taxminlarga ko‘ra, qabrda yuzlab odamlar ko‘milgan bo‘lishi mumkin.

Mahalliy aholining aytishicha, bu hududda bunday qabrlardan yuzlab bor. Ulardan ko‘pchiligi hech qanday belgilanmagan, chunki tabiiy ofat qurbonlari kasallik tarqalmasligi uchun shoshilinchda ko‘milgan.

2004 yil 26 dekabrda Janubi-Sharqiy Osiyoda 9-9,3 magnitudali zilzila yuz bergan. Ushbu zilzila seysmografik kuzatuvlar olib borilayotgan vaqtdan beri kuchliligi bo‘yicha 3-raqamlisi hisoblanadi. Oqibatda Hind okeanida ulkan to‘lqin hosil bo‘lib, 14 davlat, jumladan, Indoneziya, Hindiston va Tailand sohilbo‘yiga yopirilgan. Tabiiy ofat oqibatida 230 mingdan ko‘proq odam, jumladan 167 mingdan ko‘proq indoneziyalik halok bo‘lgan.

Manba: oxo.uz

Kiritildi: 21:47 19.02.2019. O'qildi: 1987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!