Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Imzolangan hujjatlar O‘zbekiston-Vengriya strategik sherikligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi

Imzolangan hujjatlar O‘zbekiston-Vengriya strategik sherikligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi

Budapesht shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Viktor Orban O‘zbekiston Respublikasi va Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladilar.

Hujjatda muzokaralar do‘stona, ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgani qayd etilgan, har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni faollashtirish ko‘zda tutilgan, diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘lgani ta’kidlangan.

Imzolangan hujjatlar O‘zbekiston-Vengriya strategik sherikligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi

Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida O‘zbekiston-Vengriya strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan 15 ta hujjat imzolandi. Bular:

- 2023-2024 yillarda sanoat kooperasiyasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dastur;

- Fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar rejasi;

- Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha harakatlar rejasi;

- Jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Fanni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.

Imzolangan hujjatlar O‘zbekiston-Vengriya strategik sherikligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi

Shuningdek, bojxona, adliya, atrof-muhitni muhofaza qilish, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi, uzumchilik, investisiya sohalarida, O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi akademiyasi va Vengriya Davlat xizmati universiteti, Samarqand viloyati va Xaydu-Bixar okrugi, Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi va Tashqi ishlar va savdo instituti, Toshkent davlat agrar universiteti va Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.

Imzolangan hujjatlar O‘zbekiston-Vengriya strategik sherikligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi

Imzolangan hujjatlar O‘zbekiston-Vengriya strategik sherikligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi

Imzolangan hujjatlar O‘zbekiston-Vengriya strategik sherikligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi

Kiritildi: 02:58 05.10.2022. O'qildi: 2139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!