Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ilon Mask xonanda Grayms bilan munosabatlariga nuqta qo‘yganini ma’lum qildi

Ilon Mask xonanda Grayms bilan munosabatlariga nuqta qo‘yganini ma’lum qildi

“SpaceX” kompaniyasi asoschisi, amerikalik tadbirkor Ilon Mask 33 yoshli sevgan qizi xonanda Grayms bilan munosabatlariga nuqta qo‘yganini ma’lum qildi. Bu haqida Ilon Maskning o‘zi aytib o‘tgan.

“Biz ayrildik, ammo haligacha bir-birimizni yaxshi ko‘ramiz, tez-tez ko‘rishib turamiz, munosabatlarimiz juda yaxshi. Mening “SpaceX" va “Tesla”dagi ishim asosan Texasda bo‘lishimni yoki chel elda sayohat qilishni talab etadi, uning ishi esa Lon-Anjeles bilan bog‘liq”, dedi 50 yoshli tadbirkor.

Juftlik o‘z munosabatlari haqida 2018 yilning may oyida mag‘lum qilgandi. Oradan ikki yil vaqt o‘tib ularning o‘g‘il farzandlari dunyoga keldi. Juftlik o‘z farzandlariga X Æ A-12 deb ism berishgan. Bolakay Ilonning oltinchi, xonanda Graymsning esa birinchi farzandi.

Juftlik oxirgi marta joriy oy boshida “Met Gala” marosimida birga ko‘rinish bergan edi. Ularning munosabatlari 3 yil davom etdi. Shu tariqa Ilon Mask dunyodagi eng badavlat va yolg‘iz bo‘ydoqlardan biriga aylandi.

Kiritildi: 17:22 27.09.2021. O'qildi: 3326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!