Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Ilon Mask "Twitter'ni sotib olishdan voz kechdimi?

Ilon Mask "Twitter'ni sotib olishdan voz kechdimi?

Milliarder Ilon Mask Twitter’ni sotib olish bo‘yicha kelishuvni bekor qilish uchun yangi sabab topdi – uning advokatlari kompaniya xavfsizlik xizmati sobiq rahbarining rahbariyatni foydalanuvchilar ma’lumotlari bilan noto‘g‘ri ishlashda ayblagan bayonoti tufayli kelishuvni amalga oshirishning iloji yo‘qligini aytishdi.

Twitter’ning sobiq xodimi Piter Zatko ma’lumotlarni xakerlardan himoya qilish tizimidagi "katta kamchiliklar" va platformadagi maxfiylik muammolari haqida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u rahbariyatni ushbu muammolar haqida bir necha bor ogohlantirgan, biroq rahbariyat kiberxavfsizlik qoidalarining buzilishi haqidagi ma’lumotlarni yashirishni ma’qul ko‘rgan. 2022 yil boshida Zatko esa ishdan bo‘shatildi.

Zatkoning so‘zlariga tayangan holda Maskning advokatlari Twitter’ning ma’lumotlar maxfiyligi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlarga rioya qilmaslik orqali kelishuv shartlarini buzganini ma’lum qildi va ijtimoiy tarmoq ma’lumotlar markazining ishlamay qolishi va zararli hujumlarga duchor bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Shuningdek, ular Zatkoning kompaniya rahbariyati ijtimoiy tarmoqdagi qancha akkaunt spam yoki soxta ekanligini aniqlashni istamagani haqidagi gapiga ishora qildi.

Bahorda milliarder Twitter’ni sotib olishdan bosh tortdi, chunki kompaniya top-menejmenti unga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida botlar va spam-akkauntlarning ulushi haqida ma’lumot bermadi. Kompaniya kelishuvni sud orqali yakunlashga qaror qildi – Twitter vakillari Maskni bozordagi o‘zgarishlar tufayli xariddan voz kechganlikda aybladi. Iyul oyi oxirida Mask Twitter’ga qarshi da’vo arizasi bilan chiqdi, biroq uning tafsilotlari oshkor etilmadi.

Sud 17 oktabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan – sud jarayoniga 100 dan ortiq guvohlar, jumladan Zatko ham jalb etilishi rejalashtirilgan, deb xabar berdi Bloomberg. Twitter xavfsizlik bo‘limining sobiq rahbarining ayblovlarini rad etadi va uning so‘zlari "nomuvofiqliklar va noaniqliklar bilan to‘lib-toshgan va muhim kontekstdan olib tashlangan"ligini aytadi.

Kiritildi: 20:54 02.09.2022. O'qildi: 2538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!