Yangi avtomobillarda pedal va rul yo‘q. Maskning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda ularni haydash oddiy mashina boshqarishga qaraganda osonroq bo‘ladi. Tadbirkor yangi mashinaning ishlab chiqilishini liftga o‘xshatdi — "Tugmani bosasiz, bo‘ldi".
Avtomobilning narxi 30 ming dollardan pastroq bo‘ladi.
Cybercab'ni ishlab chiqarish 2026 yilgacha boshlanishi rejalashtirilmoqda, kelasi yili esa kompaniya Texas va Kaliforniyada to‘liq avtonom mashina boshqaruvini yo‘lga qo‘ymoqchi. Buning uchun tartibga soluvchi organlarning ruxsati talab qilinadi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, bunday o‘zini o‘zi boshqaradigan mashinalar odam boshqaradigan avtomobillarga qaraganda 10-20 barobar xavfsizroq bo‘ladi.