Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ilon Mask kamerasi ko‘rinmas smartfon ishlab chiqarmoqchi

Ilon Mask kamerasi ko‘rinmas smartfon ishlab chiqarmoqchi

Ilon Mask “Tesla” brendi ostida smartfonlar ishlab chiqarishni boshlaydi. U “Tesla Phone” deb nomlanadi. Internetda Maskning kompaniyasi ishlab chiqaradigan smartfonning suratlari paydo bo‘ldi.

Qayd etilishicha, “Tesla Phone” yetakchi smartfon brendlaridan kam bo‘lmagan yuqori burchakli dizayn va flagman xususiyatlarga ega bo‘ladi. Taxminlarga ko‘ra, smartfon kamerasi ko‘rinmaydi. Katta yehtimol bilan, smartfon shaffof, tusini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan elektroxrom oynaga ega bo‘ladi va uning ostidagi kamera haqiqatan ham ko‘rinmas bo‘ladi.

Qayd etilishicha, bunday oyna allaqachon sport avtomobillarida qo‘llanilgan va OnePlus Sonsept One smartfonida taqdim etilgan.

Ma’lum qilinishicha, “Tesla Phone” Snapdragon 898 chipida qurilishi, 4k displeyga, 108 megapikselli asosiy sensorli uchta orqa kameraga ega va 2 terabaytgacha saqlash sig‘imi bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin. Qurilmaning narxi qancha bo‘lishi oshkor etilmagan.

Kiritildi: 23:27 20.11.2021. O'qildi: 3924 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!