Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Ikkita viloyatda fuqarolarga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Ikkita viloyatda fuqarolarga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyatining Ohangaron hamda Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Vatanparvar” tashkiloti Ohangaron shahar klubi o‘rgatuvchi ustasi F.X. fuqaro R.K.ga go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 900 dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Zarafshon shahrida fuqaro I.I. fuqaro YU.P.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida “V.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 700 dollar va 2,3 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:15. O'qildi: 222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!