Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ikki yoshli go‘dakni dahshatli tarzda o‘ldirgan enaga 14 yilga qamaldi

Ikki yoshli go‘dakni dahshatli tarzda o‘ldirgan enaga 14 yilga qamaldi

Arxangelsk viloyatida 25 yashar qiz 2 yoshli bolani o‘ldirgani uchun 14 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ma’lum bo‘lishicha, go‘dak bo‘tqasiga solib berilgan tuzning katta miqdori sabab vafot etgan.

Kichkintoyning onasi ish bilan band bo‘lganligi sababli bolaga qaray olmagan va unga enaga topgan. Aniqlanishicha, jinoyatchi bir oy davomida go‘dakni kaltaklagan. 2018 yil iyun oyida esa  bolani ichiga 50 g tuz solingan bo‘tqa bilan ovqatlantirgan.

Aytish kerakki, bunday me’yor hattoki kattalar uchun ham xavflidir. Shuning uchun chaqaloqni o‘ldirish qotillik sifatida baholandi. 2 yoshli bola kasalxonada vafot etdi.

Sud esa qizni 14 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi. Endi u o‘g‘ir turdagi koloniyada jazosini o‘taydi.

Kiritildi: 06:26 24.05.2019. O'qildi: 2837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!