Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Ikki yigitni “samosud” qilib ularning birini “uzr, dada” deyishga majbur qilgan mushtumzo‘r topildi (+foto, video)

Ikki yigitni “samosud” qilib ularning birini “uzr, dada” deyishga majbur qilgan mushtumzo‘r topildi (+foto, video)

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda ikki yigit do‘pposlanib, “samosud” qilingan videolavha tarqalgan edi. Shundan so‘ng IIV mushtumzo‘rlarni qidirishga tushdi.

IIVning xabar berishicha mushtumzo‘rlarning soni to‘rtta bo‘lgan va ularning biri ushlangan hamda surati e’lon qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha 2001 yilda tug‘ilgan S.P. o‘zining uch nafar sherigi bilan avval yuzaga kelgan kelishmovchilik uchun SH.F. va SH.T.larni urib, tepkilab tashlagan. Xatto ularning biri jabrlanuvchiga “uzr dada ” deb aytishga majbur qilgan.

Voqea yuzasidan S.P. chin ko‘ngildan pushaymon ekanini aytib voqea allaqachon mahalla raislari va tomonlarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilingan. Tomonlarning bir-biriga da’vosi yo‘qligi ma’lum qilingan.

Voqea 2018 yil mart oyida Angren shahrida sodir bo‘lgan.
 

Ikki yigitni “samosud” qilib ularning birini “uzr dada” deyishga majbur qilgan mushtumzo‘r topildi (+foto, video)

Kiritildi: 09:45 14.12.2019. O'qildi: 6146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!