Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ijtimoiy tarmoq orqali “Shabnam Olloshkurova” sahifasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarqatilgan video tasvirga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoq orqali “Shabnam Olloshkurova” sahifasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarqatilgan video tasvirga izoh berildi

2019 yilning 13 avgust kuni soat 17:00da www.facebook.com ijtimoiy tarmog‘ida “Shabnam Olloshkurova” sahifasi egasi tarmoqdagi do‘stlari safiga qo‘shilgan foydalanuvchilar e’tiboriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri video aloqaga chiqqan.

Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan aniqlanishicha, ushbu sahifa muallifi, aslida 1987 yilda tug‘ilgan, Ollashkurova Nafosat Baltabayevna ismli ayol bo‘lib, u Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituvida bo‘lgan, fuqaro M.Radjapovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi (kontrabanda) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan tergov jarayoniga asossiz aralashib, dastlabki tergovning to‘laqonli va xolisona o‘tkazilishiga bosim o‘tkazish maqsadida 2019 yil 13 avgust kuni Xorazm viloyati IIB ma’muriy binosi oldiga kelib, o‘zini BLOGER ekanligini bildirib, fuqaro Maxmud Radjabovga nisbatan olib borilayotgan tergov harakatlari bilan tanishmoqchi ekanligini aytgan. Shundan keyin viloyat IIB nazorat o‘tkazish punktidagi xodimning xabariga asosan yetib kelgan tergovchi uning aslida Ollashkurova Nafosat ekanligini bilib, u ham jinoyat ishi yuzasidan guvoh tariqasida so‘roq qilinishi kerakligini aytib, ichkariga taklif qilgan. N.Ollashkurova esa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri video aloqaga chiqib, o‘zining Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga olib kirilayotganligini bayon qilgan. Darhaqiqat, fuqaro Nafosat Ollashkurova fuqaro Maxmud Radjabovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan so‘roq qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, u doimiy yashash manzilida bo‘lmaganligi sababli, so‘roq jarayoni amalga oshirilmasdan kelayotgandi.

Shundan keyin Nafosat Ollashkurova Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tergovchisi tomonidan guvoh tariqasida so‘roq qilish uchun tergovchi xonasiga taklif etildi. So‘roq jarayoni yakuniga ko‘ra tergovchi tomonidan Nafosat Ollashkurovaga tegishli bo‘lgan uyali telefon apparati jinoyat ishi yuzasidan tekshirib ko‘rishlik uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirib olinishi bildirilganida, N.Ollashkurova uyali telefonini bermasligini aytib, tergovchining bu yuzasidan qabul qilgan qarorini bajarilishiga to‘sqinlik qilib, uyali telefonini topshirmagan, bundan tashqari bu jarayonni ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri video aloqa orqali ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali yoritgan.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Nafosat Ollashkurovaning uyali telefonini olish zarurati, uning mazkur jarayonni ijtimoiy tarmoqlarda yoritganligi bilan bog‘liq emas, aksincha fuqaro Maxmud Radjabovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tekshirib ko‘rilishi lozim bo‘lgan.

Bugungi kunda fuqaro Maxmud Radjabovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksi talablariga qat’iy rioya qilgan holda olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi

Kiritildi: 13:06 14.08.2019. O'qildi: 2493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!