Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ijevskdagi maktabda otishma qurbonlari soni oshdi

Ijevskdagi maktabda otishma qurbonlari soni oshdi

Ijevskdagi maktabda sodir bo‘lgan otishma natijasida halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Rossiya ommaviy axborot vositalari.

Xabarda aytilishicha, qurbonlardan 7 nafari bolalar bo‘lgan. Nashrlarning Tergov qo‘mitasiga tayanib yozishicha, jarohatlanganlar soni ham ortgan. 14 nafar maktab o‘quvchisi hamda 7 nafar katta yoshdagi odamlar turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgani aytilmoqda.

Maktabdagi boshqa o‘quvchilar va o‘qituvchilar evakuasiya qilingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishma sodir qilgan shaxs o‘z joniga qasd qilgan. Hozircha uning shaxsi aniqlanmagan.

Voqea joyiga Udmurtiya rahbari Aleksandr Brechalov yetib keldi.

Maktab Ijevsk markazida shahar ma’muriyati binosi yonida joylashgan.

Kiritildi: 15:34 26.09.2022. O'qildi: 2362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!