Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

IIV: "Ikkita holatda 3 nafar xodim jinoyatga qo‘l urganligi muhokama qilindi"

IIV: "Ikkita holatda 3 nafar xodim jinoyatga qo‘l urganligi muhokama qilindi"

Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda bu borada amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.

Ichki ishlar vazirligi tizimini mansab vakolatidan foydalanib, korrupsiya omillariga yo‘l qo‘yayotgan nopok xodimlardan tozalash maqsadida doimiy ravishda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan tezkor tadbirlarda esa noqonuniy xatti-harakat sodir etgan xodimlar aniqlanib, ularga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlanmoqda.

Ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilgan har bir xodimning vaziyatiga favqulodda holat sifatida baho berilib, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari va shaxsiy tarkibi ishtirokida joyida muhokama qilinmoqda.

Navbatdagi, ana shunday tanqidiy ruhdagi yig‘ilish Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari D.Nazarmuxammedov tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda bu borada joriy yilning o‘tgan o‘n oyi davomida viloyatda amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda har bir xodim o‘z vazifasiga sidqidildan yondashib, tartib-intizom asosida, sadoqat bilan xizmat qilishi, noqonuniy va korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik borasida nazoratni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Xizmat faoliyati davomida namunali ish olib borayotgan, korrupsion omillarni bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatib, pora taklif qilgan shaxslar haqida xabar bergan xodimlarga minnatdorchilik bildirildi. Ta’kidlash joizki, o‘tgan o‘n oy davomida Sirdaryo viloyatida 7 ta holatda xodimlarga pora taklif qilgan shaxslar aniqlanib, chora ko‘rilgan.

Afsuski, shu bilan bir qatorda xizmat vazifasiga panja ortidan qarab, belgilangan vazifalarni bajarishda sustkashliklarga yo‘l qo‘yayotgan ayrim xodimlarning borligi sohaga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi ta’kidlandi.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan o‘n oyida Sirdaryo viloyati IIB tizimida ana shunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 96 nafar xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Ikkita holatda 3 nafar xodim jinoyatga qo‘l urganligi muhokama qilindi.

O‘z nafsining quliga aylangan, kasbiga noloyiq xodimlar tomonidan sodir etilgan yuqoridagi kabi holatlar, ayniqsa korrupsion omillarga chek qo‘yish borasida boshqa viloyatlarda ham tezkor-profilaktik tadbirlar davom ettiriladi.

Aniqlangan noqonuniy harakatlar yuzasidan esa keskin choralar ko‘rilib, shaxsiy tarkib o‘rtasida muhokamalar o‘tkazish tizimli tarzda yo‘lga qo‘yiladi.

Kiritildi: Bugun 10:45. O'qildi: 416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!