Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

"IIB, Milliy gvardiya xodimlarini hurmat qilmayman– ularda odamgarchilik yo‘q..." (oxirigacha o‘qing)

"IIB, Milliy gvardiya xodimlarini hurmat qilmayman– ularda odamgarchilik yo‘q..." (oxirigacha o‘qing)

IIB, Milliy gvardiya xodimlarini hurmat qilmayman – ularda odamgarchilik yo‘q...

Doim risoladagidek, aqlli odam bo‘lgim keladi. Ammo, negadir doim “o‘xshamaydi”. Ko‘ngil ishi bilan xato qilaveraman.

Masalan, shu kunlarda.

Bugun uydan chiqmaslik tavsiya etilyapti, 30 martdan boshlab viloyat markaziga kirishga cheklov qo‘yildi.

Shahar ichida harakatlanish yanada cheklanishini eshitib, o‘zimcha o‘yladim: Ota-onam, aka-ukam, yaqinlarim shaharda. Mana, ikki haftaki, ularni ko‘rganimiz yo‘q. Agar, ertadan taqiqlar kuchaysa, yana ularni qancha vaqt ko‘rolmaymiz, noma’lum!

29 mart kuni uyimda onam yaxshi ko‘radigan taom tayyorlandi. Rosti, tomog‘imdan o‘tmadi. Soat kechki 21:00 da sabrim tugadi.

– Onasi, bolalarni kiyintir. Ovqatingni o‘rab ol, shaharga kiramiz!

Yuqorida aytganimdek o‘zimni farishta ko‘rsata olmayman. Aqldan ko‘ra, ba’zan ko‘ngilga bo‘ysunib qo‘yaman. Vaziyatni tushunsamda, farzandlarim, ota-onam ikki haftaki nafaqat o‘zaro, balki ko‘chada ham begona bilan ko‘rishmaganini eslab, o‘zimga taskin berdim. Aqlan, sog‘lom ekanimizni bilib turibmanku, boramanu qaytaman, deb niyat qildim.

Ikki yashar qizimga ham niqob taqdik.

Shaharga kirishda IIB, Milliy gvardiya va yana niqobli odamlar turibdi. Yo‘l to‘silgan.

Mashinani yigirma metrcha masofada qoldirib, chegarachilarning oldiga bordim.

– Akalar, ertadan shaharga kirish yana qiyinlashyapti. Ota-onamni ko‘rib kelay, ikki soatlarda shaharni tark etaman.

– Aka, propiskangiz shaharda bo‘lmasa, kiritolmaymiz. Jurnalist ekansiz, vaziyatni siz ko‘proq tushunishingiz kerak, – dedi IIB xodimi.

Besh daqiqacha holatni izohladim. IIB Milliy gvardiyaga, unisi boshqa niqobliga yo‘naltiradi. Xullas, SHAHARGA KIRITISHMADI!

Yana ikkita post orqali shaharga kirishga urindim. Bir xil gap: “Vaziyatni sizlar tushunishlaringiz kerak!”

IIB, Milliy gvardiya xodimlarini hurmat qilmayman – ularda odamgarchilik yo‘q... Ular menga o‘xshagan bir odamning ko‘ngli bilan hisoblashmaydi. Ularni bir oilaning shunchaki, diydori qiziqtirmaydi.

Ular hammani o‘ylaydi!

Isomiddin PO‘LATOV.

Kiritildi: 23:18 01.04.2020. O'qildi: 7460 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!