Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Hyatt Regency Tashkent pensiya pullariga qurilganmi?

Hyatt Regency Tashkent pensiya pullariga qurilganmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda «Pensiya puliga qurilgan Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi xususiylashtiriladi» sarlavhali chiqishlar e’lon qilindi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ularda «Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi pensiya oluvchilarning puliga bunyod etilgan» mazmunidagi ma’lumotlar berilgan, bu esa noto‘g‘ri axborotlar tarqalishi va aholining savollariga sabab bo‘lmoqda.

«Qayd etish joizki, Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hech bir ko‘rinishdagi loyihalarni moliyalashtirishga sarflanmaydi. Xususan, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi pensiya oluvchilarning puliga bunyod etilganligi haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilgan hamda ushbu loyihaga Pensiya jamg‘armasi tomonidan hech qanday mablag‘ ajratilmagan. Jamg‘arma mablag‘laridan faqat pensiyalar to‘lovini moliyalashtirish uchun foydalaniladi», — deyiladi xabarda.

Amaldagi qonunchilik talablariga binoan, jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘lari mavjud bo‘lgan holda qisqa muddatli tijorat banklaridagi depozitlar va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtiriladi.

Kiritildi: 09:43 16.01.2020. O'qildi: 2586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!