Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

“Human” xususiy bandlik agentligining lisenziyasi bekor qilindi

“Human” xususiy bandlik agentligining lisenziyasi bekor qilindi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bilan shug‘ullanayotgan “Human xususiy bandlik agentligi” lisenziyasini to‘xtatdi, deb xabar qilmoqla “Xalq so‘zi”.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, agentlik fuqarolar bilan Germaniya va Chexiyada 6-8 oy ichida ish bilan ta’minlash haqida shartnoma imzolagan, lekin ushbu kelishuv amalga oshmaganidan so‘ng fuqarolar to‘lagan pullarini qaytarib olishda muammolarga duch kelgan. Ushbu vaziyat yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga fuqarolardan ko‘plab norozilik murojaatlari kelib tushgan. 

Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni lisenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 45 va 46-bandlariga muvofiq, “Human xususiy bandlik agentligi” MCHJ lisenziyasining amal qilishi 10 ish kuni muddatiga to‘xtatilganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.

“Human” xususiy bandlik agentligidan shu muddat ichida fuqarolar pulini qaytarish talab etiladi. Aks holda lisenziyani bekor qilish masalasi ko‘rib chiqiladi, - deyilgan xabarda.

Shu fursatdan foydalanib, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi fuqarolarni xususiy bandlik agentliklari bilan shartnoma imzolagan vaqtda e’tiborli bo‘lishga, shartnoma shartlarini to‘liq o‘rganib chiqish lozimligini eslatadi.

 

Kiritildi: 10:35 18.09.2019. O'qildi: 2087 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!