Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Hukumat qarori: Buxoroda 83 gektar maydonda «Bukhara City» quriladi

Hukumat qarori: Buxoroda 83 gektar maydonda «Bukhara City» quriladi

Buxoro shahrida «Bukhara City» zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar berdi. 

Qarorga muvofiq, Buxoro shahrining belgilangan hududlarida samarasiz foydalanilayotgan ob’ektlar, bino va inshootlar egallagan jami 83 gektar maydonda «Bukhara City» zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazi barpo qilinadi.

Qarorga ko‘ra, «Bukhara City» hududida ob’ektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi tashkil etildi.

Mazkur majmuani barpo etish jarayonida zarur tadbirlarni tashkillashtirish va investisiya loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha viloyat kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Majmua hududida muzey, xalqaro konferensiya va forumlar o‘tkazish uchun «Ekspomarkaz», biznes markazi, kinoteatr, teatr, kutubxona, banklar, ofislar, turar joy binolari va boshqa zamonaviy ob’ektlarni joylashtirishga ustuvorlik beriladi.

Kiritildi: 12:30 09.07.2019. O'qildi: 1756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!