Bugun 31 avgust, 2024 yil, shanba

КИР

Hizbulloh bosib olingan hududlarga 60 dan ortiq «Katyusha» raketalarini uchirdi. Temir gumbaz hujumga dosh bera olmadi

Hizbulloh bosib olingan hududlarga 60 dan ortiq «Katyusha» raketalarini uchirdi. Temir gumbaz hujumga dosh bera olmadi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 285 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunisga, Nuseyrat lageriga va Bayt-Laxiyaga hujum qildi. 60 dan ortiq odam hayotdan ko‘z yumdi. Urush boshlanganidan buyon 38 713 kishi shahid bo‘ldi.

▪️G‘arbiy Sohilda ikki fuqaro yuk mashinasida Isroil askarlari Jeninga bostirib kirdi va u yerda Jenin batalyoni komandirlaridan biri Nur Shalabiyni hibsga oldi. Bu soatlarda fashistlar Qalqilya, Quddus va Xalilga ham bostirib kirishdi.

▪️Hizbulloh bosib olingan hududlarga 60 dan ortiq «Katyusha» raketalarini uchirdi. Temir gumbaz hujumga dosh bera olmadi va raketalarning bir qismi Merondagi aviabazaga yetib keldi.

▪️Husiylar Qizil dengizdagi Chios Lion neft tankeriga hujum qilishda kamikadze qayiqdan foydalandi.

▪️Bosqinchilar Livanning Aita ash-Shab va Al-Buston shaharlariga hujum qildi. Hujum oqibatida 3 nafar bola halok bo‘lgan.

▪️Wall Street Journal: Isroil Mavasi chodir lageriga hujum paytida har biri ming funt og‘irlikdagi 8 ta bomba ishlatgan.

▪️Oxirgi 10 kun ichida G‘azoda nasistlarning 6 ta boshpanaga uyushtirilgan hujumlari natijasida 100 kishi o‘lgan.

▪️JSST: Isroil G‘azo va G‘arbiy Sohildagi shifoxonalarga asossiz hujumlarini to‘xtatishi kerak. Isroilga ta’sir ko‘rsatadiganlar unga o‘z amaliyotlarini to‘xtatish uchun bosim o‘tkazishga majburdirlar.

Kiritildi: 20:01 17.07.2024. O'qildi: 2656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!