Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Hindistonda suv toshqini tufayli 160 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Hindistonda suv toshqini tufayli 160 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Assam va Bixar shaharlarida kuchli musson yomg‘irlari oqibatida kelib chiqqan suv toshqinida kamida 166 kishi halok bo‘ldi, bu haqda «TASS» xabar qiladi.

ko‘rgan.

Ayni vaqtgacha ma’lumotlarga ko‘ra Bixarda 102, Assamda 64 kishi halok bo‘lgani qayd etilgan. Shuningdek, bir qancha odam bedarak yo‘qolgan.

Suv toshqinlari iyul oyi boshida boshlangan edi, hozirda, suv tobora kamayib bormoqda, biroq bu bir necha hafta davom etishi mumkin. Bixardagi suv toshqinida 7,2 milliondan ortiq kishi va Assamda 3,8 milliondan ortiq kishi ushbu chegara zonasida qolmoqda.

Shuningdek, momaqaldiroqli kuchli musson yomg‘irlari tufayli chaqmoq urishi ham odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, shimoliy Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida so‘nggi 24 soat ichida kamida 32 kishi chaqmoq urishidan halok bo‘lgan, yana 13 kishi tan jarohati olgan.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p qurbonlar Kanpur va Fatexpur shaharlarida — har biri besh kishidan. Davlat hukumati qurbonlar va qurbonlarning oilalariga yordam berish to‘g‘risida e’lon qildi.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 20:06 22.07.2019. O'qildi: 1081 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!