Bugun 27 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Hindistonda polisiya sigirlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga binoan bir kishini hibsga oldi

Hindistonda polisiya sigirlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga binoan bir kishini hibsga oldi

Hindistonning janubi-g‘arbiy qismida polisiyachilar mamlakatdagi muqaddas hayvonlar hisoblangan sigirlarni himoya qilish bo‘yicha yangi qonunga binoan yuk mashinasida qora mol olib ketayotgan odamni hibsga olishdi.

Bu haqda “The Hindu” gazetasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, qora mollarni so‘yish joyiga olib ketayotganlikda shubha qilishgan noma’lum shaxslar hibsga olingan shaxsga hujum qilishgan. Yuk mashinasini ko‘z kechirishib, haydovchini kaltaklashgan. Erkak kasalxonaga yotqizilgan.

Karnataka adliya vaziri Jey Madxusvami gumondor erkakni qoralagan holda uning hibsga olinishini qo‘llab-quvvatladi.

Ma’lum qilinishicha, hujum qilganlarga nisbatan ham jinoiy ish ochilgan.

2020 yilning dekabr oyida Hindistonda sigirlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, endilikda muqaddas hayvonlarni so‘yish uchun mas’ul bo‘lganlar uch yildan yetti yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi, shuningdek, 683 dan 6833 dollargacha jarima solinishi mumkin.

Kiritildi: 04:00 15.01.2021. O'qildi: 1650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!