Hindistonning markaziy qismidagi Maxarashtra shtatida avtobus va motosiklning halokatga uchrashi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohatlandi.
Bu haqda jurnalistlarga viloyat polisiyasi ma’lum qildi.
Avtobusda 35 kishi bo‘lgan. Haydovchi motosikl bilan to‘qnashuvdan qochishga uringanidan keyin avtobus ag‘darilib ketgan. Jabrlanganlar mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Ulardan ba’zilarining ahvoli og‘ir.
Hindiston yo‘l-transport hodisalari soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Avtomobil transporti vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2013-2024 yillarda respublikaning 1,53 millionga yaqin aholisi avtohalokat qurboni bo‘lgan. O‘lim ko‘rsatkichining bunday yuqori bo‘lishiga yo‘llardagi transport zichligi, sifatli infratuzilmaning yo‘qligi, yo‘l harakati qoidalariga rioya etilish darajasining pastligi va boshqa omillar sabab bo‘lmoqda.