Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Hindiston tajribasi asosida viloyatda “Jizzaxda ishlab chiqaring” sanoat dasturini amalga oshiramiz - Shavkat Mirziyoyev

Hindiston tajribasi asosida viloyatda “Jizzaxda ishlab chiqaring” sanoat dasturini amalga oshiramiz - Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Hindiston tajribasi asosida viloyatda “Jizzaxda ishlab chiqaring” sanoat dasturi amalga oshirilishini ta’kidladi.

Nomzodga ko‘ra, ushbu dasturda zamonaviy korxonalarni tashkil etish, muhandislik-infratuzilmaga ulanishga ko‘maklashish, qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha barcha imtiyoz va preferensiyalar nazarda tutiladi.

- Investisiyalar vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi “Investorlarga ko‘mak markazi” tuziladi.

- har bir tumanda loyihalarni ishlab chiquvchi “Loyiha guruhi” va tadbirkorlar ishtirokidagi “Xolding kompaniyasi” tashkil etiladi.

- loyihalarning 30 foizgacha qismi To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi.

- har bir tumanga yiliga 30 million dollargacha, sanoati past rivojlangan Yangiobod, Zafarobod, Mirzacho‘l, Do‘stlik va Baxmal tumanlariga 40 million dollargacha mablag‘ ajratib boriladi.

Viloyatda kelgusi besh yilda jami 12 milliard dollarlik 4 mingdan ziyod katta, o‘rta va kichik investisiya loyihalari amalga oshirilib, 120 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Kiritildi: 12:13 21.10.2021. O'qildi: 2049 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!