Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Hasanboy Rahimov Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum etildi. Unda doping aniqlangan

Hasanboy Rahimov Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum etildi. Unda doping aniqlangan

O‘zbekistonlik erkin kurashchi Hasanboy Rahimov (-125 kg) antidoping qoidalarini buzgani uchun 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasidan mahrum qilindi.

Jahon kurash birlashmasi (UWW) matbuot xizmati xabarida keltirilishicha, Xalqaro sinov agentligi (International Testing Agency) ushbu o‘zbekistonlik sportchining qonida taqiqlangan moddalar mavjudligini aniqlagan va sportchi xalqaro musobaqalardan chetlatilgan. Hasanboy Rahimovdan tashqari suriyalik Badha Xutaba (-125 kg) va fransiyalik Zelimxon Hojiyev (-74 kg) ham qonidan doping topilgani sababli diskvalifikasiya qilingan.

Bu uch sportchi ham Tokio olimpiadasiga yo‘llanma olgandi. Ularning lisenziyalari qaytadan o‘ynaladi.

Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Rahimov 2019 yilning sentyabr oyida Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritib, lisenziyaga ega chiqqandi. U 2019 yilning oktyabrida Prezident tomonidan taqdirlangandi.

Endilikda o‘zbekistonlik boshqa bir kurashchiga mart oyida bo‘lib o‘tadigan olimpiadaga saralash musobaqalarida qatnashish huquqi beriladi.

Kiritildi: 18:38 20.02.2020. O'qildi: 2551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!