Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Hammani hayratda qoldirgan shayx Hazratlari

Hammani hayratda qoldirgan shayx Hazratlari

Zamonamizning eng ulug‘ zotlaridan biri, shubhasizki, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf edilar. Hazratga Yaratgan mustahkam etiqod, ilm-u marifat, buyuk farosat, musulmonlarga ibrat bo‘lgulik umr ato etdi.

Hazrat qaysi sohaning yetuk mutaxassislari bilan gaplashmasinlar, albatta, ularni hayratda qoldira olar edilar.

Bir marosimda geologiya bo‘yicha akademik insonning ehsonlarida geologiya sohasiga oid ma’ruza qilganlarida, yurtimizning eng katta akademiklari o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, suhbatlaridan hayratlanishganliklarini menga ham aytishgan. Shu haqda kecha kitobdan quyidagilarni o‘qib qoldim:

Kunlarning birida suhbat orasida «Amru ma’ruflarda juda ajoyib va g‘oyatda foydali gaplar aytilmoqda, lekin ularni ommalashtirish orqali samarasini yanada oshirish nuqtai nazaridan mazkur ma’ruzalarni qisqa-qisqa bo‘lsa-da, qog‘ozga tushirib yursangiz yaxshi bo‘lardi-da», dedim mulohaza o‘rnida. Hazrat Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh tabassum bilan bosh irg‘adilar-u, aniq javob aytmadilar. Taklif o‘rinli chiqdimi -chiqmadimi, buni ham bilolmay qoldim. Xayolim ortiqcha mahmadonalikka yo‘l qo‘ydim-da, degan istiholada edi.

Shundan so‘ng oradan bir-ikki kun o‘tdi, diniy idora yonida ro‘para kelib qoldik. So‘rashdik, ittifoqo Hazrat ichkariga chorladilar, kirdik. Ish stolining bir chekkasida yozuv qog‘ozi – dabdurustdan qo‘ltiqqa olib ko‘tarish ham amrimahol darajada qalinlikdagi taxlam.

– Buni bir ko‘ring-chi, – dedilar Hazrat.

Asta varaqlashga kirishdim. Ikki-uch, bir-bir yarim betli matnlar. Yozuv mashinkasida nihoyatda zich terilgan. Mavzular xilma-xil, Quryoni Karim oyatlari, hadislar, diniy tarixga oid voqealar, tafsilotlar. Varaqlab o‘tirib birdan kuni kecha u kishiga «Aql o‘rgatganim» yodimga tushdi. Vujudim lovullab ketdi, xayolan qaytdim o‘sha daqiqalarga: Hazrat menga nazar soldilarmi, nega qizarib-nega sarg‘ayganimni payqadilarmi, bilmadim. Men esa varaqlardan bosh ko‘tarolmasdim. Bosh ko‘tarolmayapmanu, tinimsiz o‘ylayapman va nihoyat:

– Uzr, taqsir, dedim. – Men o‘ylagan ishni allaqachon boshlab qo‘ygan ekansiz, men…

Filologiya fanlari doktori Xurshid Do‘stmuhammad xotiralaridan.

Manbalar asosida Mirshavkat To‘ychiyev tayyorladi

Kiritildi: 08:40 17.11.2019. O'qildi: 4244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!