Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Hali yakuniga yetmagan 2020 yil insoniyat tarixidagi eng yomon yil bo‘lishi mumkin

Hali yakuniga yetmagan 2020 yil insoniyat tarixidagi eng yomon yil bo‘lishi mumkin

Taxminlarga ko‘ra, 2020 yil ko‘plab falokatlar bilan insoniyat tarixidagi eng dahshatli yillardan biriga aylanishi mumkin, ammo bunday bayonotlar berishdan oldin to‘plangan tajribani o‘rganish kerak.

Vaholanki, bizning sivilizasiya tariximizda bundan ham dahshatli vaqtlar bo‘lgan.

Bu haqda “planet-today.ru” sayti ma’lum qilmoqda.

Masalan, 1931 yilda Buyuk Xitoy suv toshqini sodir bo‘lgan. Mamlakatdagi eng yirik daryolar qirg‘oqlaridan toshib, Nankin shahrini deyarli yuvib tashlab, 200 ming kishini qurbon qilgan. Bir milliondan to‘rt milliongacha odam ochlik va toshqin sabab yuzaga kelgan kasalliklardan vafot etgan.

1201 yil Misr va Suriyada sodir bo‘lgan zilzilalar esa misli ko‘rilmagan halokat izini qoldirgan. Mesopotamiya va Sisiliyaga yetib borgan ziilzilalar yo‘lidagi har bir shaharni yo‘q qilgan. Ushbu kuchli zilzila oqibatida kamida bir million kishi halok bo‘lgan deb taxmin qilinadi.

 

 

Kiritildi: 06:00 15.08.2020. O'qildi: 6765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!