Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Hakamlar tomonidan "mag‘lub etilgan" Mirazizbek Mirzaxalilovning natijasi o‘zgartiriladimi?

Hakamlar tomonidan "mag‘lub etilgan" Mirazizbek Mirzaxalilovning natijasi o‘zgartiriladimi?

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining boks bellashuvlarida ba’zi bahslar yuzasidan e’lon qilingan qarorlar keng ommaning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumki, ushbu Olimpiya o‘yinlarida boks bahslarini o‘tkazish Xalqaro bokschilar assosiasiyasiga (AIBA) emas, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tomonidan tuzilgan maxsus komissiyaga topshirilgan. Unga esa Xalqaro gimnastika federasiyasi prezidenti, yaponiyalik Morinari Vatanabe rahbarlik qilmoqda.

Musobaqa davomida ayrim delegasiyalar boks bo‘yicha musobaqalardagi hakamlik yuzasidan o‘z noroziliklarini ma’lum qilishdi. Shu jumladan, O‘zbekiston MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov va Qo‘mita Bosh kotibi Oybek Kasimov ham Morinari Vatanabe bilan uchrashib, vaziyatga oydinlik kiritib olishdi.

Maxsus komissiya uchrashuv davomida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi mutasaddilarini o‘z faoliyati bilan batafsil tanishtirib o‘tdi. Xalqaro mutaxassislarning ta’kidlashicha, har bir bellashuvda 5 nafar hakamdan tashqari alohida 2 maxsus vakil orqali referilarning qarori nazorat qilib boriladi. Bahs yakunida e’lon qilingan qaror qayta ko‘rib chiqilmaydi.

Qo‘shimcha qilinishicha, janglarda shubhali holatlar alohida o‘rganib boriladi va o‘z ishiga noprofessional yondashgan hakamlar Olimpiya o‘yinlaridan chetlatilish va uyiga jo‘natib yuborilishi belgilab qo‘yilgan.

Kiritildi: 17:40 29.07.2021. O'qildi: 5920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!