Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Hakamga hujum qilgan ayol futbolchi 16 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Hakamga hujum qilgan ayol futbolchi 16 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Shimoliy Irlandiyada futbolchi hakamga hujum qilgani uchun 16 ta o‘yinga chetlatildi.

BBC xabariga ko‘ra, voqea 25 iyul kuni bo‘lib o‘tgan "Kliftonfill" - "Glentoran" (2:0) uchrashuvidagi final hushtagidan so‘ng sodir bo‘lgan. "Kliftonvill" sardori Kelsi Berrouz qizil kartochka ishlab oldi.

BBC xabariga ko‘ra, Berrouz hakam Saymon Bikerstafga hujum qilgani uchun 16 o‘yinga diskvalifikasiya qilingan. "Kliftonvill" bosh murabbiyi Brendan Linch "o‘yinning rasmiy shaxsiga qarshilik ko‘rsatish uchun" maydonga tushgani uchun uchta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

Berrouzning diskvalifikasiyasi barcha turnirlarga taalluqli bo‘ladi. Qayd etilishicha, "Kliftonfill" qaror ustidan shikoyat qilgan.

Kiritildi: 23:37 05.08.2025. O'qildi: 894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!