Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Habib yana faoliyatini yakunlashi haqida gapirdi

A A A
Habib yana faoliyatini yakunlashi haqida gapirdi

Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov kutilmagan chiqish qildi. U faoliyatini qachon va kim bilan jangdan so‘ng yakunlashiga sha’ma qildi.

“Ochig‘ini aytganda, kelajak uchun rejalar tuzishni yoqtirmayman. Men hamisha hayotga real ko‘z bilan qaraganman. Fergyusonga qarshi jangga qadar nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Unga qarshi jangimga hali besh oy bor. Keyin nima bo‘lishini bilmayman, balki hech nima o‘zgarmas, balki faoliyatimga yakun yasarman”, dedi Habib.

Eslatib o‘tamiz, keyingi paytlarda yengil vaznda UFC chempioni faoliyatini yakunlashiga tez-tez sha’ma qilyapti. U avvalroq, “Instagram” sahifasida ham faoliyatini yakunlashi mumkinligiga ishora qilgan edi.

Kiritildi: 10:52 14.11.2019. O'qildi: 1707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!