Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Habib Nurmagomedov otasining o‘limi haqida: "Qo‘limizdan kelganini qildik"

Habib Nurmagomedov otasining o‘limi haqida: "Qo‘limizdan kelganini qildik"

Aralash jang san’ati vakili Habib Nurmagomedov otasi va murabbiy Abdulmanap Nurmagomedovning o‘limi haqida gapirdi.

Shanba kuni Abdulmanap Nurmagomedov o‘zi yashagan Dog‘istonning Kizilyurt tumani Kirovaul qishlog‘iga dafn qilingandi.

Habib Nurmagomedov Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan suhbatda: "Biz qo‘limizdan kelganini qildik. Shuni yodda tutish, bilish kerak. Bu xalqlarimizni birlashtirishga turtki bo‘lsin. Sizdan minnatdormiz, katta rahmat", — deya fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Abdulmanap Nurmagomedov juma kuni 58 yoshida koronavirus tufayli kelib chiqqan asoratlar oqibatida vafot etdi.

Kiritildi: 13:50 05.07.2020. O'qildi: 3481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!