Prezident Umaru Sisoku Embaloning Jeune Afrique nashriga bergan bayonotiga ko‘ra, uni tushga yaqin prezident saroyida hibsga olishgan.
Davlat rahbarining aytishicha, u bilan birga yuqori martabali harbiylar ham qo‘lga olingan. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, to‘ntarishni quruqlik qo‘shinlari shtabi boshlig‘i uyushtirgan.
Jeune Afrique xabariga ko‘ra, prezident saroyi va Markaziy saylov komissiyasi binosi yaqinida o‘q ovozlari eshitilgan. Harbiy kiyimdagi odamlar prezident rezidensiyasiga olib boruvchi asosiy yo‘l bo‘ylab pozisiyalarni egallagan.
Gvineya-Bisauda 23 noyabr kuni prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Amaldagi davlat rahbari ham, uning asosiy raqibi ham o‘z g‘alabasini e’lon qilgan. Rasmiy natijalar 27 noyabr kuni e’lon qilinadi.
Prezident Embaloning o‘zi ham sobiq harbiy, 2020 yil fevralidan beri davlat rahbari lavozimni egallab kelmoqda va avval ham bir necha bor to‘ntarishga urinishlarni boshidan kechirgan.