Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

G‘uzorda 15 yashar qiz bilan jinsiy aloqa qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

G‘uzorda 15 yashar qiz bilan jinsiy aloqa qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2020 yil 26 may kuni  ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Ota 15 yashar qizini zo‘rlagan shaxs ochiqda yurganidan shikoyat qilmoqda” sarlavhali xabarga Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati munosabat bildirdi. Bu haqda "nnews.uz" sayti xabar berdi.

Xabarda «Qo‘rg‘ontepa» qishlog‘ida yashovchi fuqaro Azimov Saidjon Movlanovich, G‘uzor tumani IIB boshlig‘iga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yil avgust oylarida qarindoshi Suyunov To‘lqin Xasanovich, 2004 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizi Mavlonova Nilufarning nomusiga tekkanligini, oqibatda qizi N.Movlanova xomilador bo‘lib, 2020 yil 3 may kuni o‘g‘il farzandni dunyoga keltirganligini bildirib, T.H.Suyunovga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Ariza yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida G‘uzor tumani «Mexnatobod” MFY Qo‘rg‘ontepa qishlog‘ida yashovchi 20.11.2004 yilda tug‘ilgan Mavlonova Nilufar Saidjon qizi 2020 yil 3 may kuni o‘g‘il jinsiga mansub farzandni tuqqanligi va N.S.Mavlonova bilan 2019 yil avgust oyi o‘rtalarida ushbu qishloqda yashovchi 09.03.1968 yilda tug‘ilgan Suyunov To‘lqin Xasanovich jinsiy aloqa qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatda fuqaro Suyunov To‘lqin Xasanovichning harakatlarida O‘zbekistan Respublikasi JKning 128-moddasi 1-kismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:03 29.05.2020. O'qildi: 12493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!