Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Gulnora Karimova ozodlikka loyiqmi?

Gulnora Karimova ozodlikka loyiqmi?

So‘nggi paytlarda yana Gulnora Karimova mavzusi trendga chiqdi. Allaqanday yo‘llar bilan tarmoqqa sizdirilgan uning tavbalari birdaniga birovlarning qalbini yumshatib, opa-opa deya nostalgiyaga berilishiga turtki bo‘ldi.

Keyin Gulnora ozodlikka chiqarkan degan mish-mishlar tarqaldi. Xaloyiq uning ozodlikka chiqishini yoqlovchilar va bunga qarshilar degan ikki qutbga ayrildi. Hozirda ushbu qutblar o‘zaro bahslashib, Gulnoraning qamoqdan ozod etilishini deyarli naqd qilib qo‘yishyapti go‘yo. Go‘yoki qaysi tomonning argumentllari kuchli bo‘lsa, o‘sha yutadigandek va o‘sha tomonning aytgani bo‘ladigandek.

Aslida, bu masala ehtirossiz, aql bilan yechilishi kerak.

Gulnora ozodlikka loyiqmi? Uni afv etish mumkinmi?

Gulnora Karimova o‘g‘irlagan pullar o‘zbek xalqining haqi edi. U tortib olgan bizneslar, zor qaqshatgan oilalar, barbod qilgan taqdirlar, tashib olib chiqib ketgan boyliklar badalini bitta umri bilan to‘lab berolmasa kerak.

Lekin u o‘zlashtirgan pullar ― xalqniki. U pullarni qaytarishi kerak. Turli kechirim so‘rashlar, timsohniki kabi ko‘zyosh qilishlar orqali o‘zini bechora ko‘rsatgani bilan, xorijdagi hisob raqamlarida qayd etilgan raqamlarni yashira olmaydi (yashirgan boshqa mablag‘lari hali alohida mavzu).

Gulnora pullarni har qanday holatda ham qaytarishi kerak. Hozir oh-voh qilib, qamoqdan chiqqach Gavayi orollarida o‘sha pullarni yeb yotishi O‘zbekiston imiji uchun zarar, o‘zbek xalqi uchun esa katta adolatsizlikdir.

Instagramda diydiyo boshlagan "opa"parastlar ming chiranmasin, opasi ularga o‘sha ofshor pullaridan chak tomizmasligini bilib qo‘ysinlar, agar ozgina farosatlari bo‘lsa. Mabodo, buning ustiga yana insoflari ham bo‘lsa, shu xalqning tuzini yeb turib, uning haqiga xiyonat qilgan ayoldan milliy qahramon va jafokash ayol obrazini yasamasinlar. Bu juda kulgili, ham ayanchli holat.

Yana o‘sha savolga qaytamiz: Gulnora ozodlikka loyiqmi?

Gulnoraga ozodlik berish masalasi u pullarni qaytargach aynan sud orqali hal etilishi eng to‘g‘ri yo‘ldir. O‘zbek sud tizimi uchun jiddiy sinov pallasi kelyapti.

Kiritildi: 11:38 27.06.2019. O'qildi: 4851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!