Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Gulistondagi koronavirus markazida yuz bergan portlash oqibatlari (foto, video)

Gulistondagi koronavirus markazida yuz bergan portlash oqibatlari (foto, video)

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 7 oktyabr, chorshanba kuni soat 8:13 da «Alpomish» sport majmuasida tashkil etilgan koronavirusga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazida portlash yuz bergandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi majmuadagi kislorod balloni yorilishi oqibatida portlash sodir bo‘lganini tasdiqladi, Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmatining bildirishicha, hodisa oqibatida bir kishi — fuqaro D.M. tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan, vafot etganlar yo‘q.

Voqea joyiga zudlik bilan viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev, viloyat prokurori, hududiy DXX, IIB, FVB, SSB boshliq va xodimlari yetib kelib, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlarining tergovchi va boshqa tezkor xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi, tezkor ma’lumotlar va favqulodda holatlar bo‘yicha shtab, axborot-tahlil guruhi tuzilgan. Ta’kidlashlaricha, vaziyat to‘liq nazorat ostida. Majmua va uning atrofida joylashgan binolarga moddiy zarar yetgan (biroq bino buzilishi va yirik talofatlar yo‘qligi aytilmoqda)Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Majmuadagi bemorlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filiali, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseriga to‘liq ko‘chirilgan. Quyida portlashdan so‘ng «Alpomish» sport majmuasi va umuman Guliston shahrining ayrim nuqtalarida yuzaga kelgan vaziyat foto va videolari bilan tanishish mumkin.

Gulistondagi koronavirus markazida yuz bergan portlash oqibatlari (foto, video)

Gulistondagi koronavirus markazida yuz bergan portlash oqibatlari (foto, video)

Gulistondagi koronavirus markazida yuz bergan portlash oqibatlari (foto, video)

 

Kiritildi: 15:53 07.10.2020. O'qildi: 5371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!