Mamlakat Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida 32 nafar polisiyachi yaralangan, ulardan biri hamon kasalxonada qolmoqda. Biroq Ichki ishlar vazirligi polisiya harakatlari oqibatida jabrlanganlar soni bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etmadi.
"Namoyishchilar polisiya ko‘rsatmalariga bo‘ysunmagan, ularni haqorat qilgan va jismoniy kuch ishlatgan. Ichki ishlar organlariga bo‘ysunmagan va mayda bezorilik qilgan 43 nafar fuqaro qo‘lga olingan", deyiladi Gruziya IIV bayonotida.
"Polisiya ertalabga kelibgina namoyishchilarni Tbilisidagi Shota Rustaveli xiyobonidan uzoqlashtirishga erishdi. Namoyishning tarqatilishi hibsga olishlar va polisiya zo‘ravonliklari bilan kechdi", deb yozadi Paper Kartuli gazetasi.